Aholi ish o‘rinlari sifati yomonligi uchun Qirg‘izistonni tark etayotganligi aytildi
Qirg‘izistonda mehnat sohasidagi vaziyat og‘ir va gap nafaqat ish o‘rinlari, balki birinchi navbatda ularning sifati haqida bormoqda, dedi Xalqaro mehnat tashkilotining milliy koordinatori Bolot Orokov.
«Qirg‘izistonda bo‘sh ish o‘rinlari ko‘p, ammo fuqarolar ularda ishlashni istamaydi», — dedi u.
Uning aytishicha, ish sifatiga bir nechta omillar ta'sir ko‘rsatadi.
«Albatta, bu ish haqi. Ish haqi miqdori mamlakatdagi umumiy mehnat samaradorligiga bog‘liq. Qirg‘izistonda ko‘plab ish o‘rinlari past samarali hisoblanadi va bu kam daromadli deganidir. Ikkinchi omil – mehnatning inson salomatligi va hayotiga nisbatan xavfsizligi. Uchinchisi —inson ish o‘rnini yo‘qotganida suyanishi mumkin bo‘lgan kuchli ijtimoiy himoya tizimi», — deya qayd etdi Bolot Orokov.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
15:53 / 07.11.2024
Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
17:21 / 06.11.2024