Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzog‘ini yaqin qilgan haydovchining yuziga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan yo‘lovchi qo‘lga olindi
Farg‘ona shahrida shu yil 28 sentabr kuni noma'lum shaxs M.A. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, “Shodlik” MFYga yetib kelganlarida haydovchining yuziga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazib, avtomashinadan tushgan va voqea joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada haydovchi M.A. kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona shahrida yashovchi S.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026