Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda mast haydovchi yosh yigit o‘limiga sababchi bo‘ldi
O‘zbek xalqida “Sayoq yursang, tayoq yeysan” degan maqol bekorga aytilmagan. Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi Halimjon Jo‘raqulov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) ham ana shundaylar sirasiga kira boshlagan edi.
2018 yilning 25 sentabr kuni Qorako‘l tuman IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, H.Jo‘raqulov avtohalokat sodir qilganligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda KUN.UZ’ga Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, shu kuni soat 17:00lar chamasida Qorako‘l tumani, “Istiqlol” MFYda yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan H.Jo‘raqulov o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Malibu” rusumli avtomashinani spirtli ichimlik ta'siridan mast holda boshqargan. U avtomobilini Qorako‘l tumani, “Sayyot” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 yo‘lining Qorako‘l tumani tomondan Jondor tumani tomon yo‘nalishida boshqarib borib, shu yo‘lning 318 km.ga yetganida yo‘lning qatnov qismini o‘ng tomonida yo‘l chetida velosiped boshqarib ketayotgan 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Qurbonovni urib yuboradi. Oqibatda M.Qurbonov tan jarohati olib, voqea joyida vafot etadi.
Mazkur holat yuzasidan H.Jo‘raqulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026