Fan-texnika | 00:25 / 02.10.2018
36435
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qimmatbaho zirhlangan Rolls-Royce taqdim qilindi

Klassen tyuning-kompaniyasi 2,5 mln AQSh dollariga Rolls-Royce Cullinan yo‘ltanlamasi negizida limuzin quradi. Kompaniya dizaynerlari dunyodagi eng qimmatbaho seriyali yo‘ltanlamasning uzunligi qulay safarlar uchun yetarlicha emas, degan qarorga kelishgan va go‘zallik ixlosmandlari uchun yo‘ltanlamasning Rolls-Royse Cullinan Limo modifikatsiyasini taqdim qilishdi. Mashinani o‘zgartirish bo‘yicha ishlar 2 mln dollarga baholangan.

Foto: Klassen
Foto: Klassen
Foto: Klassen
Foto: Klassen

Mutaxassislar yo‘ltanlamasni naq bir metrga uzaytirish mumkinligini hisoblab chiqishgan. Mashinaning uzayishi uning g‘ildiraklar bazasini o‘zgartirishni talab etadi va natijada tayyor mashinada uning qiymati 3295 mmni tashkil qiladi. Mashinaning umumiy uzunligi esa 6357 mmga yetadi. Bundan tashqari, xaridor nafaqat uzunroq yo‘ltanlamas, balki 7-darajadagi ballistik himoyani oladi. Qo‘shimcha haq evaziga esa mashinaning himoyasini 9-darajagacha yetkazish ham mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid