Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik qarindoshining pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urindi
«Chechme-avtodorojniy» o‘tkazish punkti chegarachilari 1 oktabr kuni davlat chegarasi buzib o‘tgan shaxs - Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga olishdi. Bu haqda 2 oktabr kuni Qirg‘iziston Davlat chegarasi xizmati xabar bermoqda.
Qirg‘iziston fuqarosi, 1997 yilda tug‘ilgan A.A., O‘zbekistonning So‘x anklaviga boshqa birovning pasporti orqali kirib borishga harakat qilgan.
Pasport nazoratidan o‘tish chog‘ida u chegara naryadiga boshqa fuqaro - 1985 yilda tug‘ilgan S.Sh. nomiga berilgan pasportni taqdim etgan.
Jiddiy tekshiruv vaqtida chegarachilar hujjatdagi fotosurat bilan uni taqdim etgan shaxsning ko‘rinishida farq borligini aniqladilar, keyinchalik, so‘rov davomida, A.A. qarindoshining pasportidan foydalanganini tan oldi.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, ushlangan shaxs Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirildi.
Mavzuga oid
17:41
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
10:14 / 24.06.2026