Mablag‘larni iqtisod qilish uchun yangi tarif!
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va 2017 yil 25 oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash, bank xizmat tariflarini optimallashtirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan “Ekonom paket” tarifi amaliyotga tadbiq etildi.
Endilikda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan, mazkur tarifdan foydalanadigan tashkilotlar “Qishloq qurilish bank”ning barcha xizmatlari uchun oyiga atigi 450 000 so‘m to‘laydi.
Ushbu tarifda depozit hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish bo‘yicha amaliyotlar bajarish, “UzCARD” plastik kartalariga xizmat ko‘rsatish, milliy valyutada kassa xizmatini ko‘rsatish va boshqa xizmatlar, plastik kartalarga “SMS-xabarnoma” va internet xizmatlarni ulash mutlaqo bepul, qolgan xizmatlar esa arzonlashtirilgan narxlarda!
Mazkur tarifdan foydalanish korxona-tashkilotlarni bank xizmatlariga ortiqcha xarajat qilmasdan o‘z mablag‘larini iqtisod qilishiga olib keladi. Iqtisod qilingan mablag‘lar hisobiga yangi ishchi o‘rinlari tashkil qilish, xodimlarning ijtimoiy ta'minotini yanada yaxshilash imkoniyati yaratiladi.
Batafsil ma'lumotni quyidagi veb-manzil orqali olishingiz mumkin: qishloqqurilishbank.uz/uz/tarif.php
Zamonaviy, qulay va arzon bank xizmatlaridan foydalaning!
“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!
Ma'lumot uchun:
Telefon: 71 150-93-39
Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: t.me/QQBANK
Facebook: fb.com/official.qqb.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:55 / 04.09.2023
QQB Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirildi
18:55 / 27.12.2022
“Qishloq qurilish bank”: yutuqlarimiz asosi – ishonch!
10:26 / 08.10.2022
Jizzaxda ATB “Qishloq qurilish bank”ning Jizzax mintaqaviy filiali sobiq boshqaruvchisi 1,5 milliard so‘m kreditni o‘zlashtirib yubordi
17:00 / 03.06.2022