O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yangi rektor tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 oktabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Mahmudjon Rustamovich Boltaboyev O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mahmudjon Boltaboyev 1969 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tamomlagan. Iqtisod fanlari doktori, professor.
Bunga qadar Maxmudjon Boltaboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida departament mudiri, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori kabi mas'ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Komiljon Dehqonovich Yarashev joriy yilning avgust oyidan buyon universitet rektori vazifasini bajarib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutiga «universitet» maqomi berildi. Shu asosda universitetning o‘quv binolari qayta rekonstruksiya qilinib, moddiy-texnik bazasi yangilandi.
Mavzuga oid
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
14:36 / 24.10.2024
“Bir oyda foydalanishga topshiramiz” – Agrar universiteti yotoqxonasi ta’miridagi kamchiliklar bartaraf etilayotgani aytildi
12:30 / 23.10.2024