Jamiyat | 10:14 / 03.10.2018
14598
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaliq shahrida geografiya o‘qituvchilari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Olmaliq shahar Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 20-ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida geografiya fanidan “Geografiya va iqtisod darslarida innovatsion usullardan foydalanish” mavzuida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi tabiiy fanlar uslubiyatchisi O.Qodirova, Olmaliq shahar Xalq ta'limi bo‘limi mudiri K.Hamdamova, tabiiy fanlar metodisti R.Hatamova, tuman va shahar XTB uslubiyatchilari, 22ta umumta'lim maktabi, 80-ixtisoslashtirilgan maktab-internat va 6-yordamchi maktabning geografiya va iqtisod fani o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

3-maktab geografiya fani o‘qituvchisi M.Abdukarimova, 14-maktab geografiya fani o‘qituvchisi G.Husanova, 20-maktab geografiya fani o‘qituvchisi Sh.Matchonova, 19-maktab geografiya fani o‘qituvchisi M.Sattarova, 23-maktab iqtisod fani o‘qituvchisi Sh.Ibragimova ochiq darslar o‘tkazishdi.

Shuningdek, 12-maktab geografiya o‘qituvchisi G.Rajabova “Geografiya fanidan bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashda innovatsion usullardan foydalanish” mavzuida taqdimot qilgan bo‘lsa, 20-maktab geografiya o‘qituvchisi Sh.Xolboyeva “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” mavzuida tadbir o‘tkazdi.

Xalq ta'limi boshqarmasi tabiiy fanlar uslubiyatchisi O.Qodirova amalga oshirilgan ishlarni namunali deb baholadi va taqdimotdagi innovatsion usullar dars jarayonlarida qo‘llanilishini ta'kidladi. 

Olmaliq shahar xalq ta'limi bo‘limi mudiri K.Hamdamova o‘qituvchilarni kasb bayrami bilan tabriklab, muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Mavzuga oid