2018 yilning 13 sentabr kuni Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan Hisor davlat qöriqxonasi nazoratçilari navbatdagi qöriqlaş tadbirlarini ötkaziş jarayonida ğaroyib va kutilmagan hodisaga duç kelişdi. Qöriqxonaning Qizilsuv bölimi hududidan qor qoplonining 3-4 oylik bolalari topildi. Bu voqeaning kutilmagani şundaki, Özbekiston tarixida ilk bor qor qoplonining bolalari uçratildi va suratga tuşirildi.

Ma'lumotlarga köra, ona qoplon bolalarini bir joyga qöyib, özi ov qilgani ketgan. Nazoratçilarning taxminlariga köra, u ov jarayonida boşqa qor qoploni bilan olişuv vaqtida öldirilgan yoki özidan kuçliroq yirtqiçlar, masalan, ayiq hamlasiga uçrab nobud bölgan bölişi mumkin. Qoplonning bolalari biror bir yirtqiçdan hayiqib öz joylarini özgartirgan bölişlari ham haqiqatdan yiroq emas. Çunki, odatda, qor qoplonlari tunda ov qilişadi, kunduz kunlari qorlar va qoyalar ostida uxlaşadi. Bundan taşqari, ular bir ov qilişda uç-tört kunlab bolalarini yolğiz taşlab ketiş odatlari bor. Şu bois qöriqxona nazoratçilari qoplonçalarni bir hafta topilgan joyida uşlab turişgan, ammo ona qoplon qaytmagan. Ayni damda ona qoplonning nobud böliş taxminlari örganilmoqda.

- AQŞning “Pantera” deb nomlangan nodavlat-notijorat kompaniyasi bor. Ular 2014 yil Özbekistonga taşrif buyurişganida mamlakatdagi qöriqxonalar içida faqatgina bizga fotoqopqon va videoqopqon apparatlari sovğa qilişgan edi. Bular şunday apparatki, ular yordamida uçratiş juda qiyin bölgan noyob jonivorlarni suratga va videoga oliş mumkin. Qor qoploni ham ana şunday jonivorlar sirasiga kiradi. Uni uçratiş juda qiyin. 2014 yilda fotoqopqon orqali uning suratini, 2015 yilda esa videosini olişga muvaffaq böldik, - dedi Hisor davlat qöriqxonasi direktori Ziyod Oçilov KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda.

Qor qoploni Jahon Qizil kitobiga kiritilgan. U Özbekistonning Ğarbiy Tyanşan, Ğarbiy Pomir-Oloy toğlarida, şuningdek, Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Ğarbiy Sibir, Janubiy Möğuliston, Xitoy, Afğoniston, Pokiston, Hindiston, Nepal va Butan kabi davlatlarda tarqalgan.