Rossiya hukumati Davlat Dumasiga yangi qonun loyihasini taqdim etdi, unga köra, Içki işlar vazirligining hududiy organlari Rossiya ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan çet el fuqarolarining farzandlari haqida mintaqaviy hokimiyatlardan ma’lumot oladi.
Hujjatning tuşuntiriş xatida aytilişiça, yangilik migrant bolalarni «keyinçalik moslaşişi va Rossiya jamiyatiga integratsiyalaşuvini» ta’minlaşga qaratilgan.
Içki işlar vazirligiga taqdim etiladigan ma’lumotlar röyxatiga quyidagilar kiradi:
- voyaga yetmagan çet elliklarning maktab öquv dasturini özlaştiriş uçun zarur bölgan rus tilidan test natijalari;
- migrant bolalarni asosiy umumiy ta’lim dasturlari, örta kasb-hunar ta’limi dasturlari yoki kasb-hunar ta’limi böyiça öqişga qabul qiliş töğrisidagi ma’lumotlar;
- çet ellik talabalarning ta’lim muassasalaridan çetlatilganligi töğrisidagi ma’lumotlar;
- nazorat qilinadigan şaxslar reyestriga kiritilgan çet ellik talabalar va ularning qonuniy vakillarining ta’lim muassasalariga murojaatlari töğrisidagi ma’lumotlar.
Beriladigan ma’lumotlarning aniq şakllari va tarkibi, şuningdek, idoralar örtasidagi özaro hamkorlik tartibi hukumat tomonidan alohida hujjatda belgilanadi.
Rossiyada 2025 yil 1 aprelidan boşlab maktablarda migrant bolalarning rus tilidan bilimini sinovdan ötkazişni talab qiluvçi qonun kuçga kirdi. 1-sinfga qabul qiliş uçun 10 ta topşiriqdan 9 tasini, 2-5-sinflar uçun 20 tadan 18 tasini, 6-9-sinflar uçun 22 tadan 20 tasini va 10-11-sinflar uçun 24 ta topşiriqdan 22 tasini töğri bajariş kerak, bu ularning umumiy sonining qariyb 90 foizini taşkil etadi.












