Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida ayolini xörlab kelgan erkak va uning ota-onasi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, Koson tumanining Xalqobod mahallasida yaşab kelgan Bahodir Tojiyev 2017 yilda Maftuna Omonova bilan turmuş qurgan. Ular 3 nafar farzandli bölgan.
Bahodir Tojiyev xotinidan qutuliş maqsadida otasi Botir Sanoyev hamda onasi Şoyira Boymurodova bilan til biriktirgan. Ular Maftuna Omonovaga nisbatan muntazam ravişda rahmsiz muomalada bölişib, muttasil ravişda unga jismoniy va ruhiy tazyiq ötkazib kelişgan. Hatto özi işlab topgan pulini tortib olişgan.
Jumladan, 2024 yil mart oyida ayol özi işlab topgan pullarini söraganida Bahodir Tojiyev “Sen qulsan, seni yöqota olmadim”, deya uni kaltaklagan. Söngra ketişini talab qilib, ota-onasining uyiga haydab yuborgan.
2024 yil may oyida kelin turmuş örtoği hamda qaynota va qaynonasidan farzandini davolatiş uçun pul söragan. Ammo “uçlik” Maftunaga “Sening ukang nogiron bölsa, farzanding ham uruğingga tortgan, şunday yuraversin. Farzandlaring ham alkaş otang va nogiron ukangga öxşagan”, deya uni urişib berişgan. Keyin ayolni yana xörlab, urib-döpposlagan holda ota-onasining uyiga haydagan.
Qaynota-qaynona va öğil Maftuna Omonova ota-onasinikidan qaytib kelgaç, uning pullari va farzandlari uçun davlat tomonidan beriladigan pul mablağlari tuşadigan plastik kartasini tortib olgan. 2024 yil 26 iyunda kelin pullarini va plastik kartasini qaytarib berişlarini söragan. Şunda Botir Sanoyev keliniga “Sen hali gap qaytaradigan va pullaringni söraydigan böldingmi, haromi” deya baqirgan. Söngra uçovlaşib yana ayolni kaltaklab, ota uyiga haydab yuborişgan.
Kelin turmuş örtoği, şuningdek, qaynota va qaynonasi şaxsiga oid hujjatlarni va pul mablağlarini tortib olgani holati yuzasidan 2024 yil 27 iyun kuni Koson tuman IIBga murojaat qilgan. Bahodir Tojiyev, Botir Sanoyev va Şoyira Boymurodova javobgarlikdan qutuliş maqsadida Maftuna Omonovani da’vosidan voz keçişga va yaraşişga köndirgan. Töplangan hujjatlar 2024 yil 9 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Koson tumani sudida körib çiqilgan. Sud qarori bilan Bahodir Tojiyev MJtKning 592-moddasi (Oilaviy (maişiy) zöravonlik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. U MJtKning 21-moddasiga asosan javobgarlikdan ozod qilinib, ogohlantirilgan.
Biroq erkak bundan tegişli xulosa çiqarmasdan, ota-onasi bilan birgalikda turmuş örtoğiga ruhiy va jismoniy tazyiq ötkazişda davom etgan. Buning oqibatida Maftuna Omonova 2024 yil 19 iyul kuni öz joniga qasd qilib, vafot etgan.
Bahodir Tojiyev, Botir Sanoyev va Şoyira Boymurodova sudda aybiga iqrorlik bildirmagan.
Qaynota öz körsatmasida şunday degan:
“Kelinim va öğlim örtasida özaro tortişuv va janjallar bölib kelgan. Ammo men va turmuş örtoğim kelinimni haqorat qilmaganmiz. Kelinimga tegişli bölgan plastik kartani maşinamda saqlaşimdan maqsad – pul tuşganidan söng naqdlaştiriş, ba’zida esa dori-darmon sotib oliş va rözğorga işlatiş bölgan.
Kelinim fermer xöjaliklari yer maydonlarida işlab, kuniga 60 ming-70 ming söm atrofida pul topgan. Kelinimga biron-bir narsa kerak bölganida öğlim unga özi işlab topgan pullarga olişini aytgan”.
Jinoyat işlari böyiça Koson tuman sudining 2025 yil 3 fevraldagi hukmi bilan Bahodir Tojiyev, Botir Sanoyev va Şoyira Boymurodova Jinoyat kodeksining 103-moddasi (özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) 2-qismi “a, v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Bahodir Tojiyevga 7,5 yil, Botir Sanoyevga 4 yil hamda Şoyira Boymurodovaga 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Şoyira Boymurodovaga tayinlangan jazo şartli hisoblangan va unga 2 yil sinov muddati berilgan.
1993 yilda tuğilgan Bahodir Tojiyev oldin ham jinoyat sodir qilgan. U jinoyat işlari böyiça Koson tuman sudining 2012 yil 2 martdagi hukmiga köra Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli topilib, Jinoyat kodeksining 85-moddasi qöllangan holda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jinoyat işlari böyiça Böstonliq tuman sudining 2013 yil 22 avgustdagi ajrimi bilan ötalmay qolgan 2 yil 9 oy 11 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda şu muddatga axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan.
















