Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashash joyidan «spravka» so‘rash bekor qilindi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 15 oktabrdan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:
- shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini;
- shaxsning ishsizligini;
- bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- shaxsning tavsifnomasi.
Endilikda davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini va uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlar zarur bo‘lsa, mazkur ma'lumotlar davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishlicha Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan olinadi.
2020 yil 1 yanvardan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida oila tarkibi, qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi ma'lumotlar davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan FHDYo organlaridan mustaqil ravishda olinadi.
Mavzuga oid
17:51 / 22.06.2026
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026