Ukraina Rossiyaga vagonlarni qaytarish talabi bilan chiqdi
Ukraina Rossiyadan «Ukrzaliznitsya» davlat shirkatiga tegishli 30 mingta vagonni qaytarib berishni talab qilmoqda. Bu haqda Oliy rada raisi o‘rinbosari, Ukrainaning Minsk kelishuvlari bo‘yicha aloqa guruhining gumanitar kichik guruhidagi vakili Irina Gerashchenko ma'lum qildi, deb xabar bermoqda UNIAN.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vagonlardan 85tasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit mablag‘lari evaziga sotib olingan. Gerashchenkoning ma'lum qilishicha, «ruslar tajovuzidan» keyin «ishg‘ol qilingan hudud»da 30 mingta vagon qolib ketdi.
«Albatta, biz Ukrainaning vakolatli huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilmoqdamiz, bu o‘g‘irlik uchun jinoiy ishlar qo‘zg‘atilishi kerak», - deydi Gerashchenko. Uning ta'kidlashicha, bu vagonlarni hozir sotishga ham urinishmoqda.
Ukraina hukumati yanvar oyida Donbassning reintegratsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Unda Rossiya «tajovuzkor» deb ataladi, o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan hududlar esa «bosib olingan yerlar», deb tasniflanadi. Rossiya hukumati Ukraina sharqidagi voqealarga aloqasi yo‘qligini bir necha bor ta'kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Donbassning alohida maqomini uzaytirish taklifi bilan chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi davlat idoralarida har juma «Milliy liboslar kuni» o‘tkaziladi
Jamiyat | 16:18
-
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
Mavzuga oid
15:12
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
14:28
Zelenskiy: Ukrainaga kamida 200 ming nafar tinchlikparvar kerak
21:16 / 21.01.2025
Xavfsizlik kafolati bo‘lmasa, Putin 10 barobar kuchli armiya bilan qaytadi - Zelenskiy
20:22 / 21.01.2025