Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Donbassning alohida maqomini uzaytirish taklifi bilan chiqdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Oliy Radaga Donbassning alohida maqomini uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. Ushbu hujjat parlament veb-saytida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Donbassning alohida maqomini 2019 yilning 31 dekabrigacha uzaytirish taklif qilinmoqda.
Maxsus izohda xabar berilishicha, bunday choralar Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklash uchun Donetsk va Lugansk oblastlarining ayrim tumanlarida vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayonini davom ettirish uchun sharoit yaratish zarurligi bilan bog‘liq.
2017 yilning oktabrida Rada Donbassning alohida maqomi to‘g‘risidagi qonunning amal qilish muddatini uzaytirdi, unda mintaqa uchun alohida maqom bir qator shartlar bajarilganidan keyin kuchga kirishi aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yushchenko Donbassni natsistlar Germaniyasi bilan taqqoslagandi.
Yushchenkoning fikricha, o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») va «Lugansk xalq respublikasi» («LXR»)dagi aholi «targ‘ibot» qurboni sanaladi.
Mavzuga oid
11:21
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
08:22
Zelenskiy ogohlantirgan hujum amalga oshdi
20:18 / 01.07.2026
Ukraina Rossiya Bryansk oblastidan yangi hujum boshlashiga tayyorlanmoqda
19:04 / 30.06.2026