O‘zbekiston | 08:46 / 04.10.2018
46944
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana yer silkinishi qayd etildi

Foto: Pinterest

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil 3 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:44da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi.

Zilzila episentri Toshkent shahridan 389 km uzoqlikda janubiy yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi hududida qayd etildi (38,71 N, 66,09 E).

Zilzila magnitudasi M=3,6.
Zilzila chuqurligi N=30 km.

Zilzila kuchi Qarshi shahrida -3 ballni tashkil etgan.

Respublikaning boshqa hududlarida zilzila qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumotlar kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, 29 sentabr kuni ham O‘zbekiston hududida yer silkinishi kuzatilgan

Mavzuga oid