Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Toyloq tumani Charog‘bon mahallasi “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida barpo etilayotgan 16 qavatli ko‘p qavatli turar joy binosida zilzilabardoshlik sinovi o‘tkazildi.

Sinov jarayonida maxsus vibrodinamik uskuna yordamida bino konstruksiyalariga 8 balli zilzilaga mos tebranish berildi. Ta’kidlanishicha, mazkur usul inshootning seysmik barqarorligini real sharoitga yaqin holatda baholash imkonini berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan sinov natijalari asosida kelgusida binolarning seysmik mustahkamligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilash rejalashtirilgan.