Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasining faol ishtirokchilari taqdirlandi
Bugun, 5 oktabr kuni XXIV Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi KUN.UZ muxbiri.
"Ipak yo‘lida turizm 2018" nomli Toshkent xalqaro turistik yarmarkasining yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov so‘zga chiqib, ko‘rgazmada faol ishtirok etgan soha mutaxassislari hamda ushbu yo‘nalishda samarali hamkorlik qilgan ishtirokchi va mehmonlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi. U O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilayotgani, qator xorijiy davlatlar uchun vizasiz rejim yo‘lga qo‘yilgani va tez orada yana bir mamlakatga vizasiz rejim e'lon qilinishini ma'lum qildi.
"Uch kun davomida O‘zbekiston hududlarining yorqin va rang-barang turistik salohiyati, Sharq bozorining ajoyib yarmarkasi, milliy oshxona, hunarmandlar shaharchasi, rassomlar alleyasi, shuningdek ta'lim va tibbiyot turizmi kabi yangi yo‘nalishlarga guvoh bo‘ldingiz. Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi turizm yo‘nalishidagi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish uchun asosiy maydon bo‘lish bilan birga, yildan-yilga Ipak yo‘li madaniy-tarixiy hamda tabiiy merosi targ‘ibotiga, sayyohlar oqimining oshishiga katta ta'sir ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston uchun bu shuningdek xalqaro va davlatlararo me'yorlar va normalarni sayyohlik amaliyotiga tatbiq etish hamda ushbu sohadagi sa'y-harakatlarni birlashtirish uchun turtki hamdir", - deya ta'kidladi Aziz Abduhakimov.
U turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan barcha sa'y-harakatlar ham turizm sanoati vakillari, ham xorijiy sayyohlar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilganini qayd etdi. Ushbu yarmarka ko‘plar uchun samarali, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishi bo‘lib xizmat qilishiga umid bildirdi.
Shundan so‘ng Aziz Abduhakimov turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarni qutlab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Bundan avval KUN.UZ'da xabar berilganidek, "Ipak yo‘lida turizm" ko‘rgazmasi ikki - Milliy va Xalqaro pavilonlarda o‘tkazildi.
Milliy pavilonning eng yaxshi stendi nominatsiyasi bo‘yicha Buxoro viloyati g‘olib deb topildi.
Xalqaro pavilonning eng yaxshi stendi nomiga esa Xitoy Xalq Respublikasi va Tailand stendlari sazovor bo‘ldi.
Turkiya Respublikasi elchixonasining madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jyesim Chelebi O‘zbekiston bilan ko‘p yillik va samarali hamkorlik uchun taqdirlandi.
Turizm rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Hindiston turizm sohasi vakillari taqdirlandi.
Shuningdek eng yaxshi mavzuiy bo‘lim, eng yaxshi taqdimot, uzoq muddatli hamkorlik, tibbiyot turizmiga qo‘shgan hissasi uchun, eng yaxshi sayyohlik sug‘urta kompaniyasi, eng innovatsion suvenir mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi kabi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar ham egalariga topshirildi.
Bundan tashqari, "Ipak yo‘lida turizm 2018" ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan yarmarka fonidagi eng yaxshi selfi egalari ham va'da qilinganidek mukofotlandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

20:55 / 31.03.2025
KXDR ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar tufayli turizmni chekladi - OAV

12:07 / 29.03.2025
Malayziyada "Umra plyus O‘zbekiston" ziyorat turizm paketlari joriy qilinadi

13:07 / 27.03.2025
O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni sezilarli oshdi

11:34 / 19.03.2025