Fransiya fuqarolari uchun vizasiz rejim kuchga kirdi

Foto: wetravelandblog.com
O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 4 oktabrdagi 5551-sonli farmoniga muvofiq shu yilning 5 oktabridan e'tiboran Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun 30 kungacha muddatga vizasiz rejim kuchga kirdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.
Bundan maqsad - O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida o‘zaro madaniy, ilmiy va ta'lim sohalaridagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish. Bu esa o‘z o‘rnida mamlakat investitsion muhiti hamda turistik salohiyati rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Shuni ta'kidlash joizki, Fransiyadan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. 2016 yilda ularning soni 4 889 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 5 748 kishiga yetdi. 2018 yilning dastlabki sakkiz oyiga ko‘ra, mamlakatimizga sayohat qilayotgan fransiyaliklar soni 9 172 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek doimiy ravishda O‘zbekistondagi xalqaro turistik yarmarkalarga Fransiya turistik kompaniyalarini jalb qilishga oid ishlar olib borilmoqda.
"Mega-axborot-turlari" dasturi doirasida Fransiyaning 200 dan ziyod turistik kompaniyalari vakili va 30 nafar OAV vakili O‘zbekistonda bo‘ldi. Buning natijasi sifatida Fransiyada O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi, turistik salohiyatini aks ettiruvchi qator maqolalar chop etildi hamda teledasturlar efirga uzatildi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bundesver 2029 yilgacha Starlink analogini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
Jahon | 15:03
-
Turkiston Avenue TJMsining 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi
O‘zbekiston | 15:00
-
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi
Jamiyat | 14:59
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafot keltirdi
Jahon | 14:22
Mavzuga oid

08:30 / 07.04.2025
Britaniya va Fransiya «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» mudofaa vazirlarini yig‘moqda

17:42 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva Parijda «Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

07:54 / 02.04.2025
Fransiyada ultrao‘ng siyosatchilar ommaviy norozilik namoyishlar o‘tkazmoqchi

21:07 / 01.04.2025