Nursulton Nazarboyev hukumat a'zolarini ogohlantirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumat a'zolaridan faolroq ishlashni talab qildi, aks holda ularni samaraliroq xorijlik mutaxassislar bilan almashtirishini aytdi. Nazarboyev bu haqda 5 oktabrda xalqqa murojaatida aytib o‘tgan.
“Biz qishloq xo‘jaligi sohasini boshqarishning eng yaxshi tajribasini qo‘llashimiz lozim. Qulay, qayishqoq standartlarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi muvaffaqiyatli xorijlik mutaxassislarni jalb qilish yo‘li bilan. Ularni izlash kerak. O‘z vaqtida Singapur butun dunyo bo‘ylab pensiyaga ketganlarni izlagan, ularni taklif qilgan, ular rahbarlik qilganlar”, deb aytgan Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidenti respublikada rahbarlik lavozimini egallayotgan xorijliklar borligini eslatib o‘tgan. “Bizda milliy aviatashuvchi Air Astana’ni kim boshqaradi? Nazarboyev universitetga kim rahbarlik qiladi? Yaponiyalik”, deb aytgan Nazarboyev.
“Qaranglar. Agar risoladagidek ishlamasangiz, men o‘rningizga ularni taklif qilaman”, deb ogohlantirgan hukumat a'zolarini Nazarboyev.
Aytib o‘tish joiz, Air Astana’ning prezidenti Buyuk Britaniya fuqarosi Piter Foster hisoblanadi. Nazarboyev universitet prezidenti lavozimini esa Yaponiya fuqarosi Shigeo Katsu egallaydi.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024