AQSh-KXDR: Pompeo va Kim nimalarni muhokama qilishdi?
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo yakshanba kuni Pxenyanga tashrif buyurib, KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi va bu uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tganini qayd etdi.
KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSh davlat kotibi bilan uchrashuvda Pungiri yadroviy poligoni yo‘q qilinganini ta'kidlab, bunga ishonch hosil qilish uchun mamlakatga inspektorlarni taklif qildi.
Pompeoning Kim Chen In bilan o‘tgan uchrashuvida AQSh va KXDRning Singapur sammitida Tramp hamda Kim tomonidan imzolangan qo‘shma bayonotidagi to‘rt punkt muhokama qilindi.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, tomonlar AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ikkinchi sammit bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishgan hamda "kelgusi sammit o‘tkaziladigan joy va sana variantlari"ga aniqlik kiritishgan.
Uchrashuvda shuningdek AQShning KXDR bo‘yicha maxsus vakili Stiven Bigun, KXDR tomondan Koreya ishchilar partiyasi Markaziy qo‘mitasi direktori birinchi o‘rinbosari Kim Yo Chen ham ishtirok etgan.
Pompeo yakshanba kuni Kim Chen In bilan Koreya yarim orolida denuklearizatsiyaga erishishga yo‘naltirilgan ikki soatlik muzokaralardan so‘ng Janubiy Koreyaga borgan. Bu Amerika davlat kotibining KXDRga to‘rtinchi tashrifidir. Dushanba kuni Pompeo Pekinga tashrif buyuradi va u yerda ham hukumat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Davlat kotibi shuningdek Yaponiyada ham bo‘lib, u yerda bosh vazir Sindzo Abe va TIV rahbari Taro Kono bilan uchrashdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter'da Pxenyanda bo‘lib o‘tgan uchrashuvni ijobiy baholashini qayd etdi.
"Davlat kotibi Pompeo KXDR yetakchisi Kim bilan yaxshi uchrashuv o‘tkazdi. Singapurdagi sammit bayonoti bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Yaqin kelajakda Kim bilan yana uchrashishga umid qilaman", - deb yozadi Oq uy egasi.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:15 / 23.12.2024
KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024