Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya o‘z hududiga muhojirlarga kirishni to‘liq taqiqlashi mumkin
Italiya ichki ishlar vaziri, bosh vazir o‘rinbosari Matteo Salvini Germaniya hukumatining muhojirlarni charter reyslar bilan Italiyaga yuborish rejasiga keskin javob berdi.
Salvinining aytishicha, Italiya bunday holatda o‘z aeroportlariga Yevropa Ittifoqi davlatlaridan keluvchi charter reyslarga kirishni taqiqlab qo‘yishi mumkin.
“Kimdir Berlinda yoki Bryusselda Italiyaga ruxsat berilmagan charter reyslarda muhojirlarni jo‘natmoqchi bo‘lsa, shuni bilsinki, bu reyslarni birorta aeroport qabul qilmaydi. Biz avvalroq dengiz portlarini yopgandek, aeroportlarni ham yopib qo‘yamiz”, deb aytgan Salvini.
Avvalroq la Repubblica nashri Berlin Italiya orqali Yevropa Ittifoqiga kelgan muhojirlarni oktabrdan boshlab yana Italiyaga qaytarmoqchiligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
18:23 / 22.04.2026
Solovyov Italiya bosh vazirini haqoratladi
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
21:33 / 31.03.2026