KXDR rahbari Kim Çen In Rossiyaga taşrif buyuriş niyatida. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In tegişli bayonot bilan çiqqan.

«AQŞ - KXDR ikkinçi sammiti bilan bir qatorda, rais Kim Çen Inning Rossiya va Xitoyga safar qilişi kutilmoqda», - dedi In.

Uning qöşimça qilişiça, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning Şimoliy Koreya hududiga ham taşrifi rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşiş niyatida ekanini bildirgandi.