Bir guruh Osiyo o‘yinlari g‘oliblariga navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi
9 oktabr kuni Mudofaa vazirligida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib, g‘oliblikka erishgan hamda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Mudofaa vazirligi Sport klubi sportchilari va ularning murabbiylarini sharaflashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Abdullo Sagdiyev ishtirok etdi va mamlakatimiz sharafini jahon sport arenasida munosib himoya qilgan armiya sportchilariga minnatdorlik bildirdi.
XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha rekord o‘rnatgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar Ruslan Nuriddinov, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining 4 karra g‘olibi Vadim Menkov hamda yengil atletika Nadiya Dusanovaga navbatdagi leytenant harbiy unvonlarini tantanali topshirdi.
Tadbir davomida Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda Olmaotada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha 22-xalqaro turnirida munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar mudofaa vazirligi tomonidan maishiy texnika buyumlari, ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari mamlakatda sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Abdusalom Azizov O‘zbekiston milliy olimpia qo‘mitasi raisi, jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosariga Mudofaa vazirligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida Mudofaa vazirligi Sport klubining 50 nafar a'zosi ham O‘zbekiston sharafini himoya qilib, 10 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza medalini qo‘lgan kiritgan edi. Bu mazkur Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan jami medallar sonining 48 foizi demakdir.
Mavzuga oid
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
14:36 / 07.11.2024
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
20:22 / 21.10.2024