Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Millionlab misrliklarni saylovlarga kelmaganliklari uchun jarima kutmoqda
Foto: RIA Novosti / Fayyed El-Geziri
Misr milliy saylov komissiyasi joriy yilning mart oyida o‘tgan mamlakat prezidenti saylovlarida ovoz berishga kelmagan saylovchilar ro‘yxatini bosh prokuraturaga topshirish uchun tayyorlashni yakunlamoqda. Bu haqda “Al-Vatan” nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu ro‘yxatlar saylov uchastkasiga kelmagan har bir fuqaroga 500 Misr funti (28 dollar) miqdorida jarima solish uchun tayyorlanmoqda.
Saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, saylovlarga 60 mln saylovchidan 34 mln 823 ming nafari kelmagan. Shu tariqa davomat 41 foizdan sal ko‘proqni tashkil qilgan.
Prezident saylovlarida Misrning amaldagi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy 97 foiz ovoz bilan navbatdagi muddatga saylangandi.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026