Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oltin to‘p» so‘rovnomasida peshqadam paydo bo‘ldi
France Football jurnali o‘z saytida «Oltin to‘p»ni kim olishi haqidagi so‘rovnomani e'lon qilgan edi.
370 mingdan ortiq o‘quvchi ovoz berganidan so‘ng, so‘rovnomada «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh peshqadam bo‘lib oldi. U 42% ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Ikkinchi o‘rinni 38% ovoz bilan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi, uchinchi o‘rinni atigi 7% ovoz to‘plagan «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallab turibdi.
FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Luka Modrich, shuningdek, «PSJ» hujumchilari Neymar va Kilian Mbappe 2% ovoz to‘plashgan xolos.
So‘rovnoma davom etmoqda.