Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Xotin-qizlar sport haftaligiga start berildi
8-13 oktabr kunlari O‘zbekiston hukumati tomonidan "Xotin-qizlar sport haftaligi" deya e'lon qilindi. Toshkent viloyatning barcha tuman va shaharlarida Xotin-qizlar sport haftaligiga start berildi. Viloyat hokimligi vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.
"Xotin-qizlar sport haftaligi" tadbirlariga viloyatning barcha tashkilotlari jalb etilmoqda.
Jumladan, Yangiyo‘l shahrida sport haftaligi doirasida to‘rt umumta'lim maktabida qizlar o‘rtasida voleybol turi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. Hafta davomida shahardagi barcha umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari va tibbiyot birlashmalari hamda mahallalarda bunday tadbirlar o‘tkazilishi belgilab olindi.
Olmaliq shahrida "Xotin-qizlar sport haftaligi" doirasida seshanba - voleybol, basketbol, shaxmat-shashka, chorshanba - suzish, kisqa masofaga yugurish, payshanba - badiiy gimnastika, taekvondo, juma kuni esa sportning barcha yunalishlarida turli estafeta o‘yinlari tashkil etilishi, shanba - yakuniy natijalar tahlili va taqdirlash marosimlari rejalashtirildi.
"Sog‘lom ayol - sog‘lom jamiyat" shiori ostida o‘tkazilayotgan haftalikda viloyat hokimligi barcha xotin-qizlarni sport tadbirlarida faol qatnashishga chaqiradi.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026