Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Saudiya Arabistoni bosh konsulligi binosida tintuv o‘tkazmoqchi
Foto: Getty Images
Turkiyaning mutasaddi idoralari saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolishi bilan bog‘liq holda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosida tintuv o‘tkazmoqchi. Anqara shu munosabat bilan Saudiya Arabistoni elchisini chaqirtirib, unga tintuv qilishga rasmiy talabni topshirgan. Bu haqda Daily Sabah nashri ma'lum qildi.
Turkiya konsullik binosida jurnalist bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Konsullikda esa bu ma'lumot inkor etilmoqda.
Jurnalistning yo‘qolgani 3 oktabrda ma'lum bo‘lgan. U Saudiya Arabistoni bosh konsulligiga hujjatlarni rasmiylashtirgani kelganidan keyin yo‘qolib qolgan. Saudiya Arabistoni matbuot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalist konsullik binosidan chiqib ketgandan keyin yo‘qolgan.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Turkiya mutasaddi idoralari Istanbuldagi bosh konsullik binosini tintuv qilishlari mumkinligini aytgan.
Jurnalist konsullikka Turkiyada yashovchi qallig‘i bilan nikoh qurish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kelgan.
Turkiya prezidenti maslahatchisi Yasin Aqtayning fikricha, jurnalist bosh konsullikda o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Jurnalist konsullik binosiga kirgach, u yerdan diplomatik raqamlarga ega 6 ta mashina, jumladan 2 ta furgon chiqib ketgan. Turkiyada bu mashinalarda jurnalist jasadi olib chiqib ketilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
23:23 / 12.02.2026
Turkiya va yadro quroli: geosiyosiy tahlil
23:06 / 12.02.2026
Istanbulda Durdona Hakimova bilan birga yana bir ayol o‘ldirilgani aniqlandi
13:59 / 12.02.2026