Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi sohasida Surxondaryo - Sichuan hamkorligi: endi mahsulotlar viloyatning o‘zida qayta ishlanadi
Joriy yilning 31 iyul – 3 avgust kunlari Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy safar uyushtirib, Sichuan provinsiyasining yetakchi kompaniyalari bilan 257 mln. dollar qiymatida 6 ta memorandum imzolagandi. Hozirda ushbu memorandum doirasida hamkorlik ishlari davom etmoqda.
Ushbu hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Sichuan provinsiyasining bir guruh ishbilarmon doira vakillari kecha Surxondaryoga tashrif buyurishdi. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 10 dan ortiq yetakchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat delegatsiya a'zolari ishtirokida viloyat hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar, eksport uchun yaratilgan qulaylik haqida ma'lumot berildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.
213 ta kompaniyani o‘zida birlashtirgan Zi Gong Guo Ming Food Co.Ltd. assotsiatsiyasi prezidenti Chjou Guoming tabiiy iqlim sharoiti, malakali ishchi kadrlari va qulay jug‘rofiy joylashuvi Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi salohiyatining asosi ekanligini ta'kidlar ekan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yaxshi samara berishini e'tirof etdi.
Mavzuga oid
13:39 / 02.11.2025
Surxondaryodagi ayiqlar makoni – Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i | Manzil
14:48 / 23.10.2025
«Darband» postida tirbandlik - rasmiy bayonot berildi
10:49 / 19.10.2025
Navoiyda favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 3 ming dollar pora bilan ushlandi
13:36 / 04.02.2023