Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi mojaroga aralashganligini tan oldi
Foto: Kazinform
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada Jahon va an'anaviy dinlar yetakchilarining VI qurultoyini ochib berdi. Tadbir Tinchlik va osoyishtalik saroyida bo‘lib o‘tyapti, deya xabar beradi Tengrinews.kz.
Nazarboyevning ta'kidlashicha, Qozog‘iston an'anaviy tarzda davlatlar o‘rtasida ishonchni tiklash va mustahkamlash ustida ish olib bormoqda. «Ma'lumki, biz Suriya mojarosini hal qilishga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz, jumladan, muzokaralar o‘tkazish uchun maydon taqdim etish yo‘li bilan ham. Biz Sharqiy Ukraina muammosini hal qilish ustida doimiy tarzda ishlayapmiz. Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ziddiyatda Qozog‘iston ushbu munosabatlarni tiklash maqsadida aralashdi. Biz bu yo‘nalishda ishlashni davom ettirishga tayyormiz. Qozog‘iston mintaqaviy va global xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarga yechim topish uchun maksimal darajada sa'y-harakatlarni davom ettiradi», - deya ta'kidlab o‘tdi prezident.
Xalqaro forumni o‘tkazish g‘oyasi Nursulton Nazarboyevga tegishli. 15 yil oldin, 2003 yilda Ostonada Jahon va an'anaviy dinlar yetakchilarining birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tdi. O‘shandan buyon ushbu forum Qozog‘iston poytaxtida har uch yilda o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Su-24 samolyoti 2015 yilning 24 noyabr kuni turk harbiylari tomonidan urib tushirildi. Rossiya Mudofaa vazirligi u Suriya havo hududida bo‘lganini bildirgan. Hodisa oqibatida bir uchuvchi halok bo‘ldi, ikkinchisi qutqarib qolindi. Shuningdek, Mi-8 vertolyotida bo‘lgan shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi ham halok bo‘ldi. Vertolyot Su-24’ni qutqarish uchun parvoz qilgan, biroq Suriya hududida urib tushirilgandi.
Mavzuga oid
07:52
Mudhish qotillikka qo‘l urgan o‘zbekistonlik ayol Rossiya ruhiy kasalliklar shifoxonasida qoldirildi
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
21:41 / 05.05.2026