00:44 / 10.10.2018
11479

Ozarboyjonda tutish mumkin bo‘lgan baliq turlari e'lon qilindi 

Ozarboyjon ekologiya va tabiiy zaxiralar vazirligi Kaspiy dengizining Ozarboyjonga tegishli qismi va ichki suv havzalarida tutishga ruxsat berilgan baliq turlarini e'lon qildi.

Ma'lum qilinishicha, kilka, seld, kumushrang kefal, leshch, qizilko‘z (plotva), zog‘orabaliq (karp), dengiz sudagi, oqqayroq (jyerex), kutum tutishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, tovonbaliq (karas), xonbaliq (shemaya), laqqa baliq (som) hamda qisqichbaqasimonlarni tutish taqiqlanmaydi.

Ozarboyjon vazirlar mahkamasining 2017 yil 29 dekarbdagi qaroriga ko‘ra, 2018 yilda Kaspiy dengizida 3454,9 tonna, ichki havzalarda 205,1 tonna, umumiy hisobda esa 3600 tonna baliq tutishga ruxsat berilgan.

Mavzuga oid
Top