16:25 / 10.10.2018
8236

Ukraina prezidentlik saylovlarida MDH kuzatuvchilari ishtirokidan bosh tortdi

Foto: RIA Novosti

Ukraina tomoni 2019 yilda mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida MDHdan kuzatuvchilar ishtirokidan bosh tortdi. Bu haqda MDH ijro qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedev xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda RIA «Novosti».

«Biz Ukrainaning tegishli tuzilmalaridan rasmiy xabarnoma oldik. Unga ko‘ra, Ukraina saylovlarda MDH kuzatuvchilari bo‘lishidan bosh tortgan», - deya aytib o‘tdi Lebedev.

Sergey Lebedev
Foto: Valeriy Sharifulin/TASS

Uning qo‘shimcha qilishicha, shu munosabat bilan MDH kuzatuvchilari missiyasi bu saylovlarga bormaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Qrim bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini BMT Bosh assambleyasiga kiritmoqchi ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top