Jamiyat | 18:47 / 11.10.2018
20073
2 daqiqa o‘qiladi

4 yoshli bolaning duosi ijobat bo‘lmoqda. Nigora opa davolanish uchun Turkiyaga yo‘l oldi

Esingizda bo‘lsa, «KUN.UZ» jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan bemor Nigora Ismoilova holidan xabar olgandik. Unda Nigora opa Turkiyada zudlik bilan jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi lozimligi, biroq mablag‘ masalasida oila qiyinchilikka duch kelgani aytilgandi.

Muhtoj oila a'zosi uchun xayriya aksiyasini uyushtirgandik. Oramizda oxiratini o‘ylagan, insonlarga yordam berishni asosiy maqsadi deb biladigan insonlar yordami bilan yetarli mablag‘ yig‘ildi. Alloh Taolo ulardan rozi bo‘lsin!

Youtube'da ko‘rish

Facebook'da ko‘rish

- Allohga shukr, O‘zbekistonimizda yaxshi va xayrli amallarni qiladigan inson juda ko‘p ekan. Bizga yordam qo‘lini cho‘zishdi. Bizga ko‘maklashgan insonlarga, davlat tashkilotlariga va bu xayrli ishni qilish uchun yaxshi niyatda duoda bo‘layotganlarga ham mingdan ming rahmat. Allohim ularni o‘ylagan niyat va maqsadlariga yetkazsin. Qilgan ehsonlarini o‘z dargohida qabul qilsin. Duoda bo‘lib turinglar, Alloh shifosini bersa, davolanib qaytamiz, - deb samimiy tilaklarini izhor etdi turmush o‘rtog‘i Rasul aka.

Aziz vatandoshlar, mana ozmi-ko‘pmi ko‘pchiligimiz bir inson hayoti saqlanib qolishiga sababchilardan bo‘lib turibmiz, inshoolloh. Er-xotin begona yurtga davolanish uchun ketishdi. Ularni duo qilib Alloh to‘liq shifo ato etishini so‘rab turaylik. Zora, uyda kutayotgan yaqinlari bag‘riga sog‘-omon qaytib kelishsa. Sinovlarni boshdan o‘tkazgan kamtar oila baxtli-saodatli birga yashashni davom ettirishsa.

Mavzuga oid