O‘zbekiston | 09:00 / 11.10.2018
5661
2 daqiqa o‘qiladi

“Hamkorbank” aksiyadorlik-tijorat banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida kelishuv imzolandi

2018 yilning 9 oktabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillaridan iborat delegatsiya “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining bosh ofisiga tashrif buyurdi.

YeTTBning Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va moliyalashtirish bo‘yicha dasturi rahbari Nadya Petkova boshchiligidagi delegatsiya tarkibida YeTTBning Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Nodira Mansurova va vakolatxonaning yetakchi bank xodimlari Muzaffar Hakimov hamda Sherzod Akbarov ham bor edi.

YeTTB va «Hamkorbank» o‘rtasidagi uchrashuv mobaynida tavakkalchiliklarni taqsimlash mexanizmi vositalari orqali jamg‘ariluvchi risklarda qatnashish bo‘yicha Kelishuv hamda Tavakkalchiliklarda jamg‘arilmaydigan ishtirok bo‘yicha Kelishuvlar imzolandi.

Imzolangan kelishuvlarning umumiy qiymati 15 million AQSh dollarini tashkil etadi. Mazkur kelishuvlar YeTTB va «Hamkorbank» o‘rtasida tavakkalchiliklarni taqsimlash yo‘nalishida yangi bosqichni ochib beradi.

Eslatib o‘tamiz, «Hamkorbank» ATB va YeTTB 16 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Samarali hamkorlik davomida YeTTB bir necha bor «Hamkorbank»ni  O‘zbekistondagi yetakchi va faol hamkor sifatida e'tirof etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid