Jamiyat | 10:57 / 12.10.2018
7673
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘l transport hodisasini sodir etib, tergov organlaridan yashiringan shaxs ushlandi

2018 yilning 7 oktabr kuni, soat 23:00 larda Andijon viloyati, Bo‘z tumani IIBga “ Tafakkur” MFYdan o‘tgan A-373 halqaro yo‘lining chetida taxminan 20 yoshlarda bo‘lgan erkak jinsidagi noma'lum shaxsning jasadi yotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda KUN.UZ’ga Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Tergov-tezkor guruhi voqea joyiga borib, holat o‘rganilganida vafot etgan noma'lum shaxs 2003 yilda tug‘ilgan, ushbu MFyda yashovchi Qurbonov Qudratjon Qodirjon o‘g‘li ekanligi va uni noma'lum haydovchi boshqaruvidagi avtotransport vositasida urib yuborib, voqea joyidan qochib yashiringanligi ma'lum bo‘ldi. Ichki ishlar xodimlari darhol kechiktirib bo‘lmas tergov harakatlarini o‘tkazishni boshlashadi. Ushbu yo‘l transport hodisasini 1991 yilda tug‘ilgan Xaydarov Erkinjon o‘zining “Gazel” rusumli 60 N 000489 davlat raqam belgili yuk avtomashinasida sodir etganligi  aniqlanib, u jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi bilan ayblanmoqda.

Mavzuga oid