Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibray tumani yonida ko‘p yillar davomida to‘planib qolgan chiqindilar tozalanmoqda
Bugun Mirzo Ulug‘bek tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik, qurilish-ta'mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in tus olgan, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, tumandagi Toshkent viloyatining Qibray tumani bilan chegaradosh qismida ko‘p yillik to‘planib qolgan chiqindilarni tozalash ishlari olib borilmoqda. Ushbu maskanda asosan qurilish chiqindilari istalgan joyga odamlar tomonidan tashlab ketilgan. Buning oqibatida bu hududda baland-baland tog‘lar kabi chiqindilar paydo bo‘lgan.
Bugun 90taga yaqin texnikalar ushbu maskanning obod bo‘lishi uchun xizmat qilmoqda, deyiladi xabarda.
“Fuqarolarimizdan o‘z xonadonlarini obod qilishi evaziga boshqa bir hududni axlatxonaga aylantirmasligini, qolaversa chiqindilarni maxsus axlatxonalarga tashlashlarini so‘ragan bo‘lar edik!” - deyiladi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xabarida.
Mavzuga oid
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
09:05 / 20.06.2026
O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
20:25 / 06.06.2026