Sport | 08:25 / 12.10.2018
9403
3 daqiqa o‘qiladi

Millatlar ligasi. Portugaliya va Rossiya termalari o‘z guruhlarida yetakchi bo‘lib olishdi

Foto: Getty Images

11-12 oktabr kunlari Yevropaning bir qator terma jamoalari Millatlar ligasining 3-tur bahslarida maydonga tushdi.

Kecha oqshomga belgilangan 7 ta uchrashuvdan 5 tasida «C» va «D» ligalari jamoalari o‘rtasida kechdi. «A» liga vakillari – Polsha va Portugaliyaning Sileziyada kechgan o‘zaro o‘yinida mehmonlarning qo‘li baland keldi: Portugaliya 2:3 hisobidagi g‘alaba bilan 3-guruhning yaqqol yetakchisiga aylanib oldi. Polsha va Italiya portugallardan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

11 oktabrning so‘nggi bahsi Kaliningradda bo‘lib o‘tdi. Unda «B» liga qatnashchisi Rossiya guruhdoshi Shvetsiyani mag‘lub eta olmadi: tomonlar golsiz durangga rozi bo‘lishdi. Natijada liganing 2-guruhida Rossiya 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, uni Turkiya 3, Shvetsiya 1 ochko to‘plagan holda ta'qib etyapti.

Bugun Millatlar ligasi doirasida 3-turning yana 7 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Millatlar ligasi, 3-tur
11 oktabr
Kosovo – Malta 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 30 Kololi, 1:1 – 51 Adjius, 2:1 – 68 Muriki, 3:1 – 81 Kololi.
Chetlatish: Mifsud (70, Malta).

Farer orollari – Ozarboyjon 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 28 Rishard, 0:2 – 67 Nazarov, 0:3 – 86, penalti Rishard.

Qoratog‘ – Serbiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 18, penalti Mitrovich, 0:2 – 81 Mitrovich.

Litva – Ruminiya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 13 Kipchu, 1:1 – 89 Julpa, 1:2 – 90 Maksim.

Isroil – Shotlandiya 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 25, penalti Malgryu, 1:1 – 52 Perets, 2:1 – 74, avtogol Tirni.
Chetlatish: Suttar (61, Shotlandiya).

Polsha – Portugaliya 2:3 (1:2, 1:1)
Gollar: 1:0 – 18 Pentek, 1:1 – 31 Andre Silva, 1:2 – 42, avtogol Glik, 1:3 – 52 Bernardu Silva, 2:3 – 77 Blashchikovski.
Polsha – Fabianski, Yendjyeychik, Bednarek, Bereshinski (Kendzera, 46), Glik, Kujava (Grositski, 64), Kryxovyak, Klix (Blashchikovski, 63), Zelinski, Pentek, Levandovski.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Mariu Ruy, Pepe, Joau Kanselu, Diash, Pitstsi (Sanshesh, 75), Ruben Nevesh, Rafa Silva (Danilu Pereyra, 85), Vilyam Karvalyu, Bernardu Silva (Brunu Fernandesh, 90), Andre Silva.
Ogohlantirishlar: Andre Silva (37), Klix (48), Kryxovyak (62), Vilyam Karvalyu (67), Pepe (74), Mariu Ruy (78).

Rossiya – Shvetsiya 0:0 (0:0, 0:0)

Rossiya – Gilerme, Noyshtedter, Raush, Fernandes, Jikiya, Zobnin, Gazinskiy, Golovin, Ionov (Kuzyayev, 76), Cherishev (Zabolotnyy, 87), Dzyuba.
Shvetsiya – Olsen, Grankvist, Augustinsson, Lyustig, Lindelef, Klasson, Larsson, Svensson, Forsberg, Telin (Gvidetti, 71), Berg (Andersson, 83).
Ogohlantirishlar: Augustinsson (31), Zobnin (39), Gazinskiy (50), Jikiya (53).

Foto: Aleksandr Fedorov, "SE"

3-turning qolgan uchrashuvlari
12 oktabr

23:45. Belgiya – Shveytsariya
23:45. Xorvatiya – Angliya
23:45. Avstriya – Shimoliy Irlandiya
23:45. Gretsiya – Vengriya
23:45. Estoniya – Finlyandiya
23:45. Belarus – Lyuksemburg
23:45. Moldova – San Marino

13 oktabr
18:00. Slovakiya – Chexiya
21:00. Norvegiya – Sloveniya
21:00. Latviya – Qozog‘iston
21:00. Gruziya – Andorra
21:00. Armaniston – Gibraltar
23:45. Niderlandiya – Germaniya
23:45. Irlandiya – Daniya
23:45. Bolgariya – Kipr
23:45. Makedoniya - Lixtenshteyn

Mavzuga oid