Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada loyihalangan avtomobil prototipi taqdim qilindi
Turkiyaning “Zorlu Holding” kompaniyasi turk mahalliy avtomobilini yaratish bo‘yicha konsorsium tarkibiga kiruvchi 4 ta boshqa kompaniya bilan birga ushbu avtomobilning ilk prototiplarini taqdim qildi.
Ma'lum qilinishicha, prototip “Vestel Elektronik” kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan va “VEO” deb nomlanadi.
Avvalroq Turkiya fan, sanoat va texnologiyalar vaziri Farruh O‘zlu Turkiyada mahalliy avtomobilni yaratishga 3 mlrd dollar investitsiya qilinishini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, ayni vaqtda ushbu avtomobilning turli modellari prototiplarini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ulardan biri elektr dvigatel bilan ta'minlanadi. Avtomobilning ilk prototiplari 2019 yildagi Jyeneva avtosalonida taqdim qilinishi rejalashtirilgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mahalliy avtomobilning yaratilishi mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirishini aytgan. U, shuningdek, avtomobillar qo‘shni davlatlarga eksport qilinishini qo‘shimcha qilgan.
Turkiyada ushbu avtomobilni xarid qiluvchilar maxsus iste'molchilik solig‘i to‘lashdan ozod etiladilar.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
21:37 / 05.06.2026
Shaxsiy ehtiyoj uchun avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta” degan cheklov olib tashlandi
17:27 / 30.05.2026