“Hamkorbank” ATB xalqaro sifat menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq deb topildi
“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi auditidan muvaffaqiyatli o‘tib, muvofiqlik standartini qo‘lga kiritdi.
ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimining asosiy maqsadi iste'molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan tizimdir. “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki ham o‘z faoliyati davomida bank xizmatlari iste'molchilarning xohish hamda ehtiyojlarini doimiy qondirib borish vazifasini asosiy maqsad sifatida belgilagan.
“Hamkorbank” ATB o‘z faoliyatida to‘lig‘icha o‘z mijozlarining talab va istaklarini qondirishga intiladi. Bu ham bank rivojining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etilgan.
ISO 9001 standartiga muvofiq sifat menejmentini tashkil etish quyidagi ustunliklarni taqdim etadi:
• mijozlarning istaklari asosida mahsulot va xizmatlarni taqdim etish, mijozlarga yo‘naltirilgan me'yoriy-huquqiy nizomlarni qo‘llash;
• mijozlarning talab-ehtiyojlarini qondirish uchun sharoit yaratish;
• mijozlarga imkoniyatlar yaratishga faoliyatni yo‘naltirish va faoliyat jarayonidagi xavflarni bartaraf etish;
• sifat menejmenti tizimining muayyan talablariga muvofiqlikni namoyon etish imkoniyati.
“Hamkorbank” ATB raisi o‘rinbosari Mirzayev Alisher Anvarovich ta'kidlab o‘tganidek:
"Sifat menejmenti tizimining joriy etilishi “Hamkorbank” uchun strategik ahamiyatga ega. Natijalarni yaxshilash uchun mustahkam poydevor hozirlash va umumiy olganda uning barqaror rivojlanishini ta'minlashda bu muhimdir. Ushbu standartda "Rejalashtir-amalga oshir-tekshir-harakat qil" qoidasi qo‘llanilgan. Shuningdek, faoliyat davomida xavf va qaltisliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan jarayonlar joriy etilgan. Endilikda “Hamkorbank” mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratishda ISO 9001 da aks etgan menejment sifati prinsiplariga tayanadi".
Yana shuni ta'kidlash joiz –“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining barcha filiallarida yagona kiyinish madaniyati standarti, filiallarni jihozlash buyicha yagona standarti, mijozlarga xizmat ko‘rsatish yagona standarti va boshka xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yo‘naltirilgan standartlar joriy qilingan.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
16:55 / 30.11.2022
“Hamkorbank” ATB yangi namunadagi tezkor UZCARD bank kartalarini chiqarish xizmatini ishga tushirdi
15:45 / 25.02.2022
«Hamkorbank» «Sberbank» bilan o‘tkazmalarni to‘xtatdi
13:00 / 29.08.2021
Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» 30 yoshda: Kecha, bugun va kelajakda
12:00 / 30.06.2021