Nurmagomedov navbatdagi janglar bo‘yicha muzokara o‘tkazishdan bosh tortmoqda
Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov promoushen rahbariyati uning jamoasi oldidagi muammolarni hal qilib bermagunicha navbatdagi jangi borasida muzokaralar o‘tkazmasligini aytdi. Bu haqda uning «Pervyy kanal»dagi so‘zlariga asoslanib, «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.
«Ular mening keyingi jangim yuzasidan muzokaralarni allaqachon boshlab yuborishgan. Ammo men: «Yo‘q, yo‘q, to‘xtanglar. Mening jamoamga jazo qo‘llab turib, siz bilan muzokara o‘tkazishimni istayapsizmi?» deb aytyapman. Bunaqasi hech qachon bo‘lmaydi.
Jamoam va yaqinlarimning muammolarini hal qilmas ekansiz, menga umuman qo‘ng‘iroq qilmang», - deya aytib o‘tdi Nurmagomedov.
6 oktabr kuni Las-Vegasda Nurmagomedov UFC 229 musobaqasi doirasida yengil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qildi. Kechaning asosiy jangida u irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi. Bahsdan so‘ng Habib oktagondan chiqib ketib, Makgregorning sparring-sherigi Dillon Devis bilan mushtlashib ketgan. Bu orada UFC’ning boshqa jangchisi, Nurmagomedovning do‘sti Zubayra Tuxugov oktagonga tushib, Makgregor bilan urishib ketgan. Shundan keyin UFC rahbari Dana Uayt oktagonga tushgan jangchilar tashkilotdan chetlatilishini aytgan edi.
Hozirda Nurmagomedov va Makgregor 15 oktabrdan 24 oktabrgacha bo‘lgan muddatga diskvalifikatsiya olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib o‘ziga kelib tushgan taklif haqida ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
19:55 / 01.07.2024
Habib Nurmagomedovning bank hisobraqamlari muzlatib qo‘yildi
21:45 / 08.04.2023