Yengil vazn toifasida Mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) rossiyalik çempioni Habib Nurmagomedovning ma'lum qilişiça, unga WWE restling-promouşndan taklif kelib tuşgan.
«WWE ularga kelişni söradi. Yigitlar, sizlar nima deb öylaysiz?» - deya yozgan Habib tvitterdagi sahifasida. U postiga #SmashLesnar (Brok Lesnarni döpposlaş) va #FakeFights (haqiqiy bölmagan janglar) xeşteglarini ham qöşib qöydi.
@WWE ask me to jump inside.
— khabib nurmagomedov (@TeamKhabib) October 12, 2018
What do you think guys? #SmashLesnar #FakeFights
6 oktabr kuni Las-Vegasda Nurmagomedov UFC 229 musobaqasi doirasida yengil vazn toifasida çempionlik kamarini himoya qildi. Keçaning asosiy jangida u irlandiyalik Konor Makgregorni mağlubiyatga uçratdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ramzon Qodirov Habib Nurmagomedovga maşina sovğa qilgani xabar berilgandi.












