Jahon | 19:58 / 14.10.2018
12270
1 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Garrining samolyotini chaqmoq urdi

Foto: skrenshot

Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl Londondan Amsterdamga parvoz vaqtidagi favqulodda hodisadan keyin omon qolishdi. 

The Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, qirollik oilasi a'zolari samolyotiga parvoz vaqtida chaqmoq urib, uning korpusiga shikast yetkazgan. 

Chaqmoq muhim navigatsion qurilma joylashgan joydan o‘ngroqqa urgani sabab baxtsiz hodisadan qochishga muvaffaq bo‘lingan.

Favqulodda vaziyatga qaramay, samolyot Amsterdamda muvaffaqiyatli qo‘ngan va Sxipxol aeroportidan ta'mirlashga jo‘natilgan.

Shahzoda va uning rafiqasiga hech narsa qilmagan, biroq ular kuchli stressni boshdan kechirishgan.

Mavzuga oid