Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShning Suriya hududida har qanday harakatni bas qilishi kerakligini aytdi
AQSh Suriya hududida har qanday harakatni zudlik bilan bas qilishi kerak, uning bu davlatda bo‘lishi noqonuniydir. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Bahrom Qosimiy aytib o‘tdi.
“AQShning Suriya hududida bo‘lishi ushbu davlat hukumati ruxsatisiz amalga oshmoqda, shu sababli u noqonuniy va xalqaro me'yorlarni buzadi. AQSh Suriya hududida har qanday harakatni zudlik bilan bas qilishi lozim. Amerika bu davlatda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatmoqchi emas”, deb aytgan Qosimiy.
“AQSh siyosatining jihatlarini hisobga olib, shuni aytishimiz mumkinki, Vashington keyin ham terrorchilarni qo‘llab-quvvatlaydi va ushbu davlatga barqarorsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatishni davom ettiraveradi”, deb qo‘shimcha qilgan Qosimiy.
O‘tgan hafta AQSh bosh kotibi Maykl Pompeo Suriya hukumati Eron tuzilmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi tuzilmalar bu davlat hududini tark etmaguncha AQShdan davlatning rekonstruksiya qilinishi uchun bir dollarlik yordam ham olmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026