“Murojaatlarni körib çiqiş va nazorat qiliş jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qiliş töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Belgilanişiça:
- 2023 yil 1 apreldan aholi mahalladan turib davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat uçun sörov yuboriş va Xalq qabulxonalari orqali davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat qiliş;
- 2024 yil 1 yanvardan viloyatlar markazlarida joylaşgan mahallalardan turib;
- 2025 yil 1 yanvardan tuman markazlarida joylaşgan mahallalardan turib;
- 2026 yil 1 yanvardan respublika barça hududidagi mahallalardan turib davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat yöllaş amaliyoti joriy qilinadi.
Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi:
- Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil noyabrga qadar mahalladan turib davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat qiliş amaliyotini joriy qiliş maqsadida respublika barça mahalla fuqarolar yiğini binolarini taşkiliy texnik işlarga tayyor holatini örganib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiş uçun tahliliy ma’lumot tayyorlaş;
- Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Özsuvta’minot” va “Hududgazta’minot” bilan birgalikda 2023 yil 1 yanvardan bosqiçma-bosqiç mahalla fuqarolar yiğini binolarini zaruriy kommunikatsiya tarmoqlariga ulaş;
Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2023 yil fevralga qadar:
- mahalla fuqarolar yiğinlarini barça davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat qiliş uçun sörov yuboriş imkoniyatini beruvçi zarur texnik vositalar bilan ta’minlaş;
- mahalla fuqarolar yiğinlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalari böyiça könikmaga ega kamida bittadan xodim bilan töldiriş;
- barça davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat qiliş böyiça sörov yuboriş yuzasidan tegişli mas’ul xodimlarni Yagona onlayn platformada işlaş böyiça malakasini oşiriş;
- 2023 yil martga qadar bosqiçma-bosqiç mahalla fuqarolar yiğinlarida fuqarolar barça davlat organlari rahbarlariga video-aloqa orqali murojaat qiliş uçun sörov yuboriş amaliyotini joriy qiliş yuzasidan zarur çoralarni köradi.
















