Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari qoşida faol işbilarmonlar orasidan obro‘-e'tiborga ega tadbirkorlardan iborat jamoatçilik kengaşlarini tuziş, respublikada kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş, tadbirkorlik sub'yektlari hamda çet ellik investorlarning yöliga tösiq va ğov bölayotgan muammolarni bartaraf etiş, şuningdek, tadbirkorlar murojaatlari bilan işlaş samaradorligini oşiriş maqsadida hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi hamda har bir tuman va şaharlardagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari qoşida faol işbilarmonlar orasidan obro‘-e'tiborga ega tadbirkorlardan iborat jamoatçilik kengaşlarini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Quyidagilar Tadbirkorlar kengaşining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
tadbirkor hamda çet ellik investorlarning yöliga tösiq va ğov bölayotgan muammolarni bartaraf etiş böyiça takliflarni işlab çiqiş va Tadbirkorlik va kiçik biznesni rivojlantiriş Agentligiga taqdim etiş;
hududlarda mavjud imkoniyatlar va talablardan kelib çiqib, tadbirkorlik yönalişlarini rivojlantiriş, mavjud muammolarni bartaraf etiş, sohaga aloqador bölgan islohotlarni tadbirkorlarga yetkaziş;
tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oşiriş va iqtisodiy könikmalarini şakllantiriş böyiça Tadbirkorlik va kiçik biznesni rivojlantiriş Agentligi, jamoatçilik kengaşlari va boşqa tegişli taşkilotlar bilan tizimli aloqalarni yölga qöyiş.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hamda tumanlar va şaharlar hokimlari:
Boş vazirning qabulxonalari, Savdo-sanoat palatasining Tadbirkorlikka kömaklaşiş markazlari bilan birgalikda joylardagi tadbirkorlar iştirokida yiğilişlar ötkazilişini hamda faol işbilarmonlar va obro‘-e'tiborga ega tadbirkorlardan Tadbirkorlar kengaşi a'zolari va raisini saylab olinişini;
mazkur yiğilişlar qarorlari bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi Tadbirkorlar kengaşi iş reglamenti tasdiqlaşini ta'minlaydi.

















