Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda prezident huzuridagi Orolbo‘yi Xalqaro innovatsion markazi tashkil etiladi
2018 yil 16-18 oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan «Orol dengizi havzasida barqaror boshqaruv va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashda innovatsion yondashuvlar» Xalqaro forumi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi va Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat bilan O‘zbekistonda Orol dengizi havzasi bo‘yicha Xalqaro innovatsiya markazni tashkil etishni nazarda tutilgan. Memorandumning maqsadi - Markazni tashkil etishga oid kelgusi muhokamalar uchun asos yaratish. Markaz Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida joylashadi va sho‘rlanish sharoitida tadqiqotlar, texnologiyalar transferi hamda ta'lim sohasida ilg‘or innovatsion markaziga aylanadi.
ICBA texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash va Markazni tashkil etish bo‘yicha kompleks taklif jarayonini boshqaradi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning ta'kidlashicha, 2018-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilindi. Vazirlik tomonidan Orol dengizi va mintaqa taqdiriga befarq bo‘lmagan ilmiy-tadqiqot institutlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari bilan aniq yo‘naltirilgan ishlar olib borilyapti va qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Ishlar natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi Xalqaro innovatsion markazni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Vazir, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasi vakillari va tashkilotlarini Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etishga chaqirdi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025