Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoshiqchi masalasi. Pompeo Saudiya Arabistoniga yetib keldi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. U bu yerda podshoh Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud bilan uchrashadi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Pompeo Saudiya podshohi bilan saudiyalik muxolif jurnalisti Jamol Qoshiqchining yo‘qolib qolishi va ehtimoliy o‘ldirilishi masalasida muloqot qilmoqchi.
Qoshiqchi ikki hafta oldin Saudiya Arabistonining Turkiyadagi konsulxonasida yo‘qolib qoldi. OAV xabariga ko‘ra, jurnalist diplomatik vakolatxonasi binosida qiynoqqa solingan va vahshiyona tarzda o‘ldirilgan.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp bu xabarlarga ishonmayapti.
Avvalroq, CNN Ar-Riyod Qoshiqchi «reja bo‘yicha amalga oshmagan so‘roq» natijasida vafot etgani haqida e'lon qilishi borasida ma'lumot bergandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq saudiyalik va turkiyalik tergovchilar Qoshiqchi o‘ldirilgan joyni tark etishgandi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026