AQŞ prezidenti Donald Trampning «Amerika hammasidan ustun» taşqi siyosiy yondaşuvi xalqaro tartibni tiklaş muammosini hal qilişning bir qismi emas. Bu haqda CNBC telekanaliga bergan intervyusida NATO sobiq boş kotibi Anders Fog Rasmussen ma'lum qildi.
NATO sobiq boş kotibining sözlariga köra, faqatgina Qöşma Ştatlar xalqaro tartib va huquqni tiklaş uçun «global qamrovdagi» harakatlarga ega.
Biroq, qiyinçilik şundan iboratki, Amerika yetakçisi Donald Tramp jahon siyosatidan çetlaşdi, aynan şuning uçun ham hozirgi kunda «xaos» yuz bermoqda, deb hisoblaydi Rasmussen.

«Dunyo yetakçilikka muhtoj va faqat amerikaliklar bu yetakçilikni ta'minlab bera oladi», - deya aytib ötdi NATO sobiq boş kotibi.
Rassmusen 2009 yildan 2014 yilgaça NATO boş kotibi lavozimida işlagan. Bundan oldin u sakkiz yil davomida Daniya boş vaziri bölgan.
Telekanalning qayd etişiça, Rasmussen bundan avval jahon tartibiga kömak körsatiş va siyosiy tartibsizlikni bartaraf etiş uçun Qöşma Ştatlarni «moddiy va ma'naviy yuksaklikka ega» yagona davlat, deb hisoblaşi haqida ma'lum qilgan.
CNBC’ning qöşimça qilişiça, Trampning tanqidi Ğarb va Saudiya Arabistoni örtasida diplomatik taranglik boşlangan vaqtga töğri keldi. U The Washington Post’da işlagan jurnalist Jamol Qoşiqçining yöqolişi bilan boğliq. Asli kelib çiqişi saudiyalik bölgan jurnalist podşohlikning Istanbuldagi elçixonasiga taşrif buyurganidan söng aloqaga çiqişni töxtatdi. Amerika telekanalining ta'kidlaşiça, bu hodisa neftga boy podşohlikka qarşi xalqaro norozilikni keltirib çiqardi, şuningdek, moliya bozorlarda tartibsizlikka sabab böldi.
NATO sobiq rahbarining aytişiça, Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida qayta saylanişi borasida «xavf» mavjud. Demak, u 2024 yilgaça işlaydi, deyiladi materialda. Uning sözlariga köra, Yevropa amerikaliklarga ularning «global yetakçiligi» uçun maydon taqdim etilganiga mas'uldir. Biroq, Yevropaning özi «amerikaliklarga uşbu yetakçilikni amalga oşirişda yordam beriş uçun köproq iş qilişi kerak», deya qayd etib ötdi Rasmussen.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya AQŞ bilan viza uruşini töxtatişga tayyor ekani












