NATO Daniya, Şvetsiya va Finlandiya mudofaa rejalarini işlab çiqiş böyiça mas’uliyatni Niderlandiyaning Bryunsyum şahrida joylaşgan operatsiya ştabidan AQŞning Norfolk şahridagi qömondonlikka ötkazadi. Bu haqdagi bayonot Şimoliy Atlantika alyansining Yevropadagi Qöşma qurolli kuçlari qömondoni Aleksus Grinkeviç tomonidan qilingan bölib, u 4 dekabr, payşanba kuni alyans saytida e’lon qilindi.
Özgarişlar 5 dekabrdan kuçga kiradi, bu munosabat bilan Finlandiyada tantanali marosim ötkaziladi. Qaror NATOning «raqiblari» butun dunyo böylab tarqalgani, şu bois «Yevroatlantika mintaqasini va alyansning Şimoldagi pozitsiyasini imkoni boriça mustahkamlaş juda muhim» ekani bilan izohlandi. Ta’kidlanişiça, Norfolkdagi NATO ştabi allaqaçon Atlantika okeani, Arktika, Grenlandiya, Islandiya, Norvegiya va Buyuk Britaniya xavfsizligi uçun javob beradi.
«NATO qömondonligi nuqtai nazaridan, Norfolk — Şimoliy Amerika va Yevropa örtasidagi strategik köprik bölib, faqat dengiz kommunikatsiyalarimizni himoya qiliş bilan çeklanib qolmaydi», — dedi Grinkeviç. Şu bilan birga, dpa agentligi ta’kidlaşiça, Germaniya va NATOning Şarqiy Yevropadagi mamlakatlarini himoya qilişni taşkil etiş böyiça mas’uliyat baribir Bryunsyumdagi ştab zimmasida qoladi.
22 noyabr kuni Niderlandiyadagi ikkinçi yirik aeroport — Eyndxoven (Bryunsyumdan 80 km uzoqlikda joylaşgan) hududi ustidan bir neça dron payqalgani sababli ikki soatga öz faoliyatini töxtatdi. Bir kun avval esa mamlakat Mudofaa vazirligi Eyndxovendan 40 km uzoqlikda joylaşgan Volkel qişloğidagi harbiy aviabaza ustidan dronlarni urib tuşiriş uçun qurol işlatilgani haqida hisobot bergan edi.
Kuz fasli boşidan beri Yevropaning boşqa mamlakatlaridagi aeroportlar va boşqa obektlar ustida ham dronlar bilan boğliq köplab hodisalar röy berdi. Jumladan, Germaniya, Daniya, Belgiya, Şvetsiya, Norvegiya va Polşada bunday holatlar qayd etilgan.
Uşbu epizodlar va şunga öxşaş boşqa holatlarda Daniya maxsus xizmatlari Rossiya ğarbiy davlatlarga qarşi gibrid uruş olib borayotganini ma’lum qildi. Biroq Yevropa osmonidagi dronlarga RF aloqadorligini isbotlovçi dalillar yöq. RF prezidenti Vladimir Putin bu ayblovlarni rad etib, Yevropa şaharlarida Rossiya dronlari uçun heç qanday maqsad yöqligini qayd etgan.

















