Turkmaniston prezidenti samolyoti Germaniyaga maxfiy parvoz qildi
Turkmaniston prezidentining samolyoti (Boeing 737) 14 oktabr kuni yana maxfiy ravishda Frankfurt-Maynga parvoz qilib, mahalliy vaqt bilan soat 17:42da u yerga qo‘ndi. Soat 18:50da samolyot yana qaytib ketgan, deb xabar bermoqda Turkmaniston xronikasi.
Qayd etilishicha, ushbu davlat rahbarining Germaniyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilmagan.
Ta'kidlab o‘tish joiz, so‘nggi oylarda prezident samolyotlari Germaniyaga ko‘p bora oshkor qilinmagan holda parvoz qilmoqda. Safar maqsadlari haqida mahalliy matbuot xabar bermayapti.
10 iyun kuni Turkmaniston prezidentining samolyotlaridan biri Frankfurt aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 11:50da qo‘ndi. U yerda bir yarim soat bo‘lib, samolyot yana Ashxobodga qaytib ketdi.
14 iyun kuni mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 7da Turkmaniston prezidentining Boing 737 samolyoti Frankfurt aeroportiga qo‘ndi va 2,5 soatdan keyin qaytib ketdi.
26 iyun kuni prezidentning Boing 737 samolyoti Germaniyaga uchinchi marta uchib, u yerda Myunxenga qo‘ndi.
Bu kunlarning birortasida Turkmaniston delegatsiyasi yoki prezidentining Yevropaga rasmiy tashriflari amalga oshirilmagan, deya ta'kidlanadi maqolada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston bilan chegara masalasida uchrashuv o‘tkazilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
22:15 / 25.10.2024
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
18:51 / 12.10.2024
Ashxoboddagi ko‘chaga prezidentni davolagan nemis shifokorining nomi berildi
13:35 / 08.10.2024