Amerika yuristlari assotsiatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga keldi
2018 yilning 17 oktabr kuni Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletovning mamlakatga uning taklifiga binoan tashrif buyurgan Amerika yuristlari assotsiatsiyasi (ABA) prezidenti R.Karlson bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda KUN.UZ’ga vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlari faoliyati bilan tanishish, shuningdek, sud-huquq sohasidagi so‘nggi ijobiy islohotlar yuzasidan masalalarni muhokama qilishdan iborat.
Tomonlar me'yoriy-huquqiy hujjatlar va qoidalarni ishlab chiqishga ko‘maklashish, amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni muvofiqlashtirish, kelgusida O‘zbekistonda advokatlar instituti va yuridik ta'lim tizimini rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga kelishib olishdi. Jumladan, istiqbolda adliya organlari xodimlarining boshqa yuridik firmalarda stajirovka o‘tashi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
O‘z navbatida, R.Karlson Adliya vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati uchun minnatdorlik izhor qildi. U mamlakatda qonun ustuvorligi, adliya va inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi ijobiy o‘zgarish va islohotlarni alohida qayd etdi.
Ma'lumot uchun: ABA AQShning yirik va nufuzli jamoat tashkiloti hisoblanadi. 400 mingdan ziyod amaliyot o‘tayotgan yuristlar, sudyalar, davlat prokurorlari, advokatlari, notariuslari, ilmiy doira va boshqa yuridik kasb vakillari assotsiatsiya a'zolari hisoblanadi.
ABA yuristlarni o‘zini-o‘zi tartibga solish tashkiloti bo‘lib, shu bilan bir qatorda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan foydalanish, yuridik kadrlar malakasini oshirish, yuristlar uchun axloq qoidalarini ishlab chiqish, advokatlik amaliyotida yagona mezonlarni tasdiqlash kabi muhim davlat funksiyalarini bajaradi.
AQShda yuridik ta'limni muvofiqlashtirishda ABAga boshqaruv roli yuklatilgan. Chunki, assotsiatsiya oliy yuridik ta'lim muassasalarini majburiy akkreditatsiyadan o‘tkazadi, yuridik ta'lim mezonlarini tasdiqlaydi va unga asosiy talablarni o‘rnatadi.
Mavzuga oid
22:11 / 19.07.2024
2024 yilning dastlabki 6 oyida 10 mingdan ortiq shaxs ozodlikdan mahrum etildi
22:45 / 01.06.2024
“Xalq puli, xalq mulki degan narsa yo‘q” – Salohiddin Nuriyev
11:43 / 25.05.2024
Tuman va shahar adliya bo‘limlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi
11:12 / 25.05.2024